Приветствую Вас, ГостьRSS
Меню сайта
    Категории раздела
    Наш опрос
    Оцените мой сайт
    Всего проголосовало: 83
    Статистика

    онлайн умумий 2
    Мехмонлар 2
    фойдаланувчилар 0
    BAJRANGI OG'A / ВАЖРАНГИ ОГ'A (Hind kino / Uzbek tilida) смотреть онлайн

     

     

     
         

         Tavsif: Mazkur film bosh qahramonining chin ismi Pavan Kumar Chaturvedi, ammo uni hamma Bajrangi og'a, deb atashadi. U umri davomida hech kimsaga hech qanday yomonlik qilmagan va hatto biror marotaba yolg'on gapirmagan. Bajrangi og'a Shri Xonumon (hindlarning ilohiy ma'budi - maymunlar podshosi)ning ta'limotiga sodiq qolgan holda, foniy dunyoda faqatgina ezgu amallar qilmoq darkor, deb hisoblaydi. 

         Pokistonlik ota-ona soqov qizlari Shohidaning tilini davolatish taraddudida, biroq, qizcha poyezddan qolib ketadi. Ittifoqo, Bajrangi uni uchratib qoladi. Qizchaning och-nahor ekanligini sezgan Bajrangi uning qornini to'yg'izadi va qizcha unga ergashgach, noiloj uni o'zi bilan birga olib ketadi. Bajrangi uni Pokiston elchixonasiga olib boradi, ammo elchixonadagi rasmiyatchi to'rabozlar uning hujjati yo'qligini ro'kach qilishib, qizchaga yordam berishdan bosh tortishadi. Shunda vizasi yo'qligiga qaramay, Bajrangi qizaloqni o'z ona yurti - Pokistonga o'zi elltib qo'yishga qaror qiladi. 

     

         Ma'lumingizkim, ko'p yillar davomida Hindiston va Pokiston o'rtasida qonli to'qnashuvlar bo'lib o'tgan. Chegarani buzib o'tgani uchun hind josusi, deb politsiya va maxsus xizmat xodimlari uning iziga tushishadi. Lekin Bajrangi og'a uchun insonning millati, dini va e'tiqodi emas, insoniyligi muhim bo'lgani bois, u bu mashaqqatli va xatarli yo'lda aslo chekinmay, o'z maqsadi sari olg'a qadam tashlaydi!!! U qizchaga Munna deb ism qo'yib oladi va ko'pgina qiyinchiliklarni boshidan kechirishiga to'g'ri keladi...
     
     


    Категория: | Просмотров: 2594 | Рейтинг: 3 | Дата: Вторник | Комментарии (0)
    Всего комментариев: 0
    Имя *:
    Email *:
    Код *:

    Создать бесплатный сайт с uCoz