kazzob o'g'irlab ketadi. PiKey - aslida PK so'zlarining talaffuzi bo'lsa-da, uni sayyorasida shunday atashar, ammo hind tilida bu so'z - "mast" degan ma'noni ifodalaydi, shuning uchun ayrimlar unga "Pikey", ya'ni mastmisan nima balo, desa, bunga javoban u hayratlanib: "ha, qayerdan bilasiz?", - deydi. Pikey ilgari hech kim bermagan savollarni beradi. Uni bolalarcha beg'ubor qiziquvchanligi boshiga ko'pgina noxush hodisalarga duch kelishiga sababchi bo'ladi. Asrlar davomida shakllangan turli din, oqim, urf-odatlarga ko'ra dunyoga o'z nuqtai nazari bilan yondoshadigan insonlar PiKeyning beg'ubor ko'zlari bilan olamga o'zgacha nigoh bilan qaray boshlaydilar